Bugun
10
O'zbek

«Liverpul» Kuansa uchun asosiy da’vogarga aylandi

Futbol
7 oktabr, 15:09
Kuansaning «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Liverpul» Kuansa uchun asosiy da’vogarga aylandi
Фото: Getty Images

«Bayer» himoyachisi Jarrell Kuansa kelasi yil yozida yana APLga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli angliyalik futbolchiga «Chelsi», «Liverpul» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun kurashda mersisaydliklar asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, «Liverpul» Kuansani «Bayer»dan 70 million yevro evaziga qayta sotib olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, «Real» klubi ham himoyachining o‘yinlarini muntazam kuzatib bormoqda. Biroq madridliklar hozircha rasmiy muzokaralarga kirishmagan.

Ma’lumot uchun, Kuansa 2025-yil yozidan buyon Leverkuzen klubi sharafini himoya qilmoqda. Uning «dorishunoslar» bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi.

Jarrell bu mavsumda Bundesligada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar