Argentina milliy jamoasi darvozaboni Emiliano Martines «Chelsi»ga oʻtish qaroriga nima sabab boʻlganini maʼlum qildi.
34 yoshli kiper yangi jamoasida oʻzini yana muhim futbolchi sifatida his qilayotganini aytdi.
«Jahon chempionati finalidagi magʻlubiyatdan keyin oʻzimga kelishim uchun biroz vaqt kerak boʻldi. Bu holat menga juda qattiq taʼsir qildi. Shunda jamoani almashtirish yangi motivatsiya topishimga yordam beradi, deb oʻyladim. Oxir-oqibat klubimni oʻzgartirishga erishdim va bu men qabul qilishim mumkin boʻlgan eng yaxshi qaror boʻldi, deb oʻylayman. Bugun oʻzimni yana muhim futbolchi sifatida his qilyapman, jismoniy holatim ham aʼlo», — dedi argentinalik darvozabon TyC Sports nashriga.
Avvalroq Martinesga «Yuventus» klubi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchi Angliyada qolishni tanladi.
Martines faoliyati davomida «Arsenal» va «Aston Villa» klublari sharafini ham himoya qilgan.