Bugun
10
O'zbek

Rays «Arsenal» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin — BBC

Futbol
7 oktabr, 15:20
Rays 2023-yilda «Vest Hem»dan «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgan.
Rays «Arsenal» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin — BBC
Фото: Getty Images

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays jamoa bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashga yaqin. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan.

Angliyalik 27 yoshli futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Biroq klub Rays bilan hamkorlikni uzoq yillarga davom ettirish niyatida.

Yangi kelishuvdan so‘ng futbolchining maoshi ham oshiriladi. Hozirda u haftasiga 277 ming yevro ishlab topmoqda. Bu borada u Bukayo Sakaga yaqinlashadi. Ayni vaqtda Saka «Arsenal»da haftasiga 400 ming yevro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Rays 2023-yilda «Vest Hem»dan «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgan. Bu vaqt davomida londonliklar safida 150 dan ortiq uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.

Avvalroq «Arsenal» «Bayer» hujumchisi Kristian Kofane bilan shartnoma imzolashi mumkinligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar