Live
1
O'zbek

«Arsenal» Arteta bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
7 oktabr, 07:18
    3
Ispaniyalik mutaxassisning yangi bitimi 2030 yilgacha amal qiladi.
«Arsenal» Arteta bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Arsebnal FC

«Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassisning yangi bitimi 2030 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, Artetaning murabbiylar shtabi a’zolari bilan ham shartnomalar uzaytirildi.

Ma’lumot uchun, 44 yoshli mutaxassis «to‘pchilar»ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Arteta qo‘l ostida «Arsenal» so‘nggi yillarda muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, 2025/26 yilgi mavsumda London klubi Angliya Premyer-ligasida chempion bo‘ldi.

Bundan tashqari, londonliklar ispaniyalik mutaxassis rahbarligida Angliya kubogida g‘olib chiqdi. «Arsenal» Arteta boshqaruvida mamlakat Superkubogini ham uch marta qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar