Bugun
10
O'zbek

Akanji: «Siti» rahbariyatiga ishonaman. Unvonlarimdan ayrilib qolmasligimga umid qilaman»

Futbol
7 oktabr, 15:31
Akanji «shaharliklar» safida 2022-2025 yillarda o‘ynagan.
Akanji: «Siti» rahbariyatiga ishonaman. Unvonlarimdan ayrilib qolmasligimga umid qilaman»
Фото: Getty Images

«Manchester City»ning sobiq himoyachisi Manuel Akanji klubda qo‘lga kiritgan sovrinlaridan ayrilib qolishdan xavotirda.

Shveysariyalik futbolchi jamoa atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini bildirdi.

«Men hali ham bir nechta futbolchi bilan aloqadaman, ammo bu masala bo‘yicha sizlardan ko‘ra ko‘proq narsa bilmayman. Bizga xotirjam bo‘lishimiz va barchasi nazorat ostida ekani aytildi. Men «Manchester City» rahbariyatiga ishonaman. Umid qilamanki, hammasi haqiqatan ham ular aytganidek bo‘ladi. Unvonlarimdan ayrilib qolmasligimga umid qilaman. Bu juda achinarli bo‘lardi. Yana nimalar aniqlanishini kim biladi?» — dedi Akanji Nau nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Akanji «shaharliklar» safida 2022-2025 yillarda o‘ynagan. U klub safida barcha turnirlar doirasida 136 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar