Portugaliyalik 41 yoshli futbolchi Krishtianu Ronaldu Lionel Messining Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashuviga bag‘ishlangan posti ostida izoh qoldirdi.
Ronaldu argentinalik futbolchining milliy jamoadagi uzoq yillik faoliyati va erishgan yutuqlariga hurmat bildirdi.
«Leo, sen shuncha yil davomida o‘z mamlakating sharafini himoya qilding va abadiy qoladigan tarix yaratding. Argentina bilan erishgan barcha yutuqlaring uchun senga cheksiz hurmatimni bildiraman. Quchoqlab qolaman», — deb yozdi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Leo Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida argentinaliklar safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Bu bahsda u nafaqat gol urdi, balki 2 ta assistni ham qayd etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi