Bugun
10
O'zbek

«Arsenal» Bundesligadan hujumchi olib kelishi mumkin

Futbol
7 oktabr, 14:20
Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Arsenal» Bundesligadan hujumchi olib kelishi mumkin
Фото: Getty Images

«Bayer» hujumchisi Kristian Kofane faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Witness xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Arsenal» jamoasi kamerunlik 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. London klubi transferni yanvar oyidayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, klub Kofanening agentlari bilan muzokara o‘tkazib, ehtimoliy transfer imkoniyatlarini o‘rgangan. Biroq rasmiy taklif hozircha tayyorlanmagan.

Ma’lumot uchun, Kristian bu mavsumda «Bayer» safida barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq «Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Bayer Bayer
Bugungi yangiliklar