Bugun
10
O'zbek

«Yuventus» qishda Højbjergni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
7 oktabr, 13:38
2024-yilda esa u «taqachilar»dan ijara asosida «Marsel»ga o‘tgan.
«Yuventus» qishda Højbjergni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Yuventus» yanvar oyida «Marsel» yarim himoyachisi Per-Emil Højbjergni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi vakili futbolchining atrofidagilar bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘lgan. Shuningdek, «zebralar» Millatlar ligasining so‘nggi uchrashuvlarida Daniya milliy jamoasi safida harakat qilgan futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borgan.

Højbjerg faoliyati davomida «Bavariya», «Augsburg», «Shalke-04», «Tottenhem» va «Sauthempton» klublari sharafini himoya qilgan. 2024-yilda esa u «taqachilar»dan ijara asosida «Marsel»ga o‘tgan.

O‘tgan yozda esa Fransiya klubi futbolchining transferini to‘liq rasmiylashtirib, u bilan 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar