Bugun
10
O'zbek

Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbol
6 oktabr, 22:45
    75
39 yoshli hujumchi Beninga qarshi bahsda gol va ikkita assist qayd etib, milliy jamoadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini rasman yakunladi. 39 yoshli futbolchining milliy jamoadagi so‘nggi bahsi Beninga qarshi o‘rtoqlik bellashuviga to‘g‘ri keldi.

Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida o‘tgan bahsda Argentina 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining uchinchi golini urdi. Shuningdek, u Nikolas Otamendi va yarimhimoyachi Niko Pasning gollariga golli uzatma berdi.

Messi Argentina milliy jamoasi safidagi debyutini 2005-yil avgustida Vengriyaga qarshi bahsda o‘tkazgan. U milliy jamoa safida jami 208 ta bahsda maydonga tushib, 126 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Faoliyati davomida Messi Argentina bilan 2022-yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Messi milliy jamoalar safida gol urish bo‘yicha Krishtianu Ronaldundan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Portugaliyalik hujumchi milliy jamoa safida 146 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2026-yilgi jahon chempionatidan keyin Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

75 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar