Ispaniya milliy jamoasi Millatlar ligasida Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba ispanlarning ketma-ket 10-bahsidagi muvaffaqiyati bo‘ldi.
G‘alabali seriya jamoaning 2026-yilgi jahon chempionatidagi bahsidan so‘ng boshlangan. Ispaniya mundialdagi dastlabki bahsida Kabo-Verde bilan durang o‘ynaganidan keyin ketma-ket 10 ta bahsda raqiblarini mag‘lub etdi.
Luis de la Fuente boshqaruvidagi jamoa uchun ushbu seriya 2010-yildan buyon eng yaxshisi hisoblanadi. O‘sha yili Ispaniya ketma-ket 12 ta bahsda g‘alaba qozongan.
2010-yildagi seriya jahon chempionatining dastlabki bahsida Shveysariyaga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragach to‘xtagan. Ispaniya esa yakunda turnir g‘olibiga aylangan.