Bugun
25
O'zbek

De la Fuente Xorvatiya bilan bahs haqida: «Qarshimizda katta motivatsiyaga ega raqib turibdi»

Futbol
5 oktabr, 22:20
Ispanlar ustozi Angliyaga 0:7 hisobida yutqazgan jamoa bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
De la Fuente Xorvatiya bilan bahs haqida: «Qarshimizda katta motivatsiyaga ega raqib turibdi»
Foto: Getty Images
06.10.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Xorvatiya Xorvatiya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente UEFA Millatlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan Xorvatiya milliy jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. Bellashuv 6 oktabr kuni Xorvatiyaning Split shahridagi «Poljud» stadionida bo‘lib o‘tadi.

— Xorvatiya milliy jamoasidan nimalar kutyapsiz?

— Har doimgidek jiddiy qarshilikni. Bu — fantastik futbolchilarga ega fantastik jamoa. Bir necha kun oldin sodir bo‘lgan voqeaga kelsak (gap Xorvatiyaning Angliyaga qarshi o‘yinda 0:7 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida), futbolda shunday tasodifiy holatlar bo‘lib turadi. Masalan, 2014-yilgi Jahon chempionatida Braziliyaning 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lgani yoki Germaniya milliy jamoasining Ispaniyadan 0:6 hisobida yengilgani kabi.

Qarshimizda juda motivatsiyalangan jamoa bo‘ladi, ammo biz ham yuqori kayfiyat va motivatsiya bilan maydonga tushamiz. Bunday muhitda o‘ynash bizga yoqadi. Shubhasiz, bu juda ajoyib bo‘ladi.

Muxlislarning energiyasini his qilish menga yoqadi — ular biz uchun ishqibozlik qilishadimi yoki yo‘qmi, buning farqi yo‘q. Bu har doim futbolchilarni ruhlantiradi, — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar