33 yoshli Harri Keyn Millatlar ligasi 4-turida Chexiyaga qarshi bahsda ikkita gol urdi. Angliya 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda hujumchi 40 va 57-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa Keyn Angliya milliy jamoasi safidagi gollari sonini 91 taga yetkazdi. U avval Malayziya milliy jamoasi safida 89 ta gol urgan Mo‘xtor Dahari ko‘rsatkichini ortda qoldirdi.
Keyn hozirda Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Shuningdek, u milliy jamoalar safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingida 7-o‘ringa ko‘tarildi.
Ushbu ro‘yxatda Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida 146 ta gol bilan birinchi, Lionel Messi Argentina safida 127 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ali Daei (108), Sunil Chhetri (95), Romelu Lukaku (94) va Robert Levandovski (92) ham Keyndan yuqorida turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi