Bugun
10
O'zbek

Skaloni Argentina milliy jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi

Futbol
7 oktabr, 02:30
Mutaxassis Lionel Messi jamoani tark etganidan keyin ham bosh murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirishini aytdi.
Skaloni Argentina milliy jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa bilan amaldagi shartnomasi yakunlanganidan keyingi faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatimni davom ettiraman. Men uchun Leo Messini boshqarish katta sharaf bo‘ldi», — dedi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Argentina milliy jamoasining Benin bilan 3:0 hisobidagi g‘alabasi Messi uchun jamoa safidagi so‘nggi bahs bo‘ldi. Hujumchi ushbu bahsda gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, Skalonining Argentina milliy jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil oxirigacha mo‘ljallangan. Uning qo‘l ostida jamoa jahon chempionati va Amerika kubogida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar