Bugun
10
O'zbek

Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini ramziy kadr bilan yakunladi

Futbol
6 oktabr, 23:45
    22
Hujumchi Beninga qarshi so‘nggi bahsida gol va ikkita golli uzatma qayd etib, xalqaro faoliyatiga nuqta qo‘ydi.
Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini ramziy kadr bilan yakunladi
Foto: Getty Images
06.10.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 3 : 0 Benin Benin

Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi bahsini o‘tkazdi. Buenos-Ayresdagi «Monumental» stadionida Beninga qarshi kechgan o‘rtoqlik bellashuvida argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Argentina sardori bahsda faol ishtirok etdi. Messi 71-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib, gol urdi. Shuningdek, u Nikolas Otamendi va yarimhimoyachi Niko Pasning gollariga golli uzatma berdi.

Shu tariqa argentinalik futbolchining xalqaro faoliyatidagi so‘nggi kadri ham qayd etildi. Messi Argentina milliy jamoasidagi debyutini 2005-yil avgustida Vengriyaga qarshi bahsda o‘tkazgan.

39 yoshli hujumchi milliy jamoa safida jami 208 ta bahsda maydonga tushib, 126 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Argentina bilan 2022-yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022-yilgi Finalissimada g‘olib chiqdi.

Ma’lumot uchun, Messi 2026-yilgi jahon chempionatidan so‘ng Argentina milliy jamoasini tark etishini ma’lum qilgan edi. O‘sha turnir finalida Argentina Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, Messi milliy jamoa safidagi 21 yillik faoliyatini 126 ta gol va 70 ta assist bilan yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Benin Benin
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar