Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorge Jezush Krishtianu Ronalduning milliy jamoa yig‘inini o‘zboshimchalik bilan tark etgani haqidagi bayonotiga ilk bor munosabat bildirdi.
CMTV telekanali vakillari 72 yoshli mutaxassisni uyiga qaytayotganida uchratib, Ronalduning bayonoti haqida fikrini so‘ragan. Futbolchi o‘z murojaatida Jezush bergan va’dasini buzganini bir necha bor ta’kidlagandi.
«Men Leiriyada 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar milliy jamoasining bahsini ko‘rdim. Hozir bayonotni o‘qiyman, aytadigan gapim yo‘q», — dedi Jezush.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 30-sentabr kuni Portugaliya milliy jamoasi joylashgan qarorgohni tark etgandi. Futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi kechgan bahsdan so‘ng yuzaga kelgan. O‘sha bahsda Ronaldu 18 yil ichida ilk bor Portugaliya safidagi rasmiy bahsni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan.