Live
10
O'zbek

Ronaldu: «Jezush menga bergan va’dasini ikkinchi marta buzdi»

Futbol
6 oktabr, 15:11
    8
Kristianu Jorje Jezush bilan kelishmovchilik fonida bayonot berdi.
Ronaldu: «Jezush menga bergan va’dasini ikkinchi marta buzdi»
Фото: Getty Images

Kristianu Ronaldu Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan mojaro haqida o‘z fikrlarini davom ettirib, quyidagilarni yozib qoldirdi.

«Uchrashuv yakunida men faqat bir narsani — jamoa g‘alaba bilan maydonni tark etishini va yolg‘iz qolishni istadim. Shu sababli muxlislar bilan salomlashish uchun bormadim. Bu faqat mening mas’uliyatimdagi xato edi va bunday bo‘lmasligi kerak edi.

U yerda bizni juda faol qo‘llab-quvvatlagan portugaliyalik muxlislardan uzr so‘rayman. Barcha muxlislardan kechirim so‘rayman. Shuningdek, portugaliyalik bo‘lmagan, ammo meni ko‘rish uchun u yerga borgan va ehtimol, mening harakatimdan xafa bo‘lgan insonlardan ham uzr so‘rayman.

Oradan 48 soat o‘tib, men, bosh murabbiy va Simau Koutiniu o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Chunki avgust oyidagi muzokaralarimizda ham aynan u ishtirok etgan edi. Suhbat juda jiddiy va ochiq o‘tdi. Hech qanday yashirish yoki mavzuni yumshatishga harakat qilinmadi.

Biz ushbu «masala»ga nuqta qo‘yishning yagona yo‘li bor, degan fikrga keldik: murabbiy menga shaxsan aytgan gaplarini Simau Koutiniu oldida matbuot anjumanida ham ochiq aytishi kerak edi.

Kelishuv oddiy edi. Murabbiy matbuot anjumanini aynan shu mavzu bilan boshlashi va haqiqatni aytib, masalaga nuqta qo‘yishi kerak edi.

U mendan hech qachon biror daqiqa o‘ynashni so‘ramaganimni, yig‘in uchun rejani aynan murabbiyning o‘zi taklif qilganini, meni qizdirishga chiqarib, keyin maydonga tushirmagani xato bo‘lganini aytishi kerak edi. Shuningdek, bunday holat yana takrorlansa, u bu ishni qilmasligini bildirishi lozim edi.

Uchrashuv yakunida murabbiy meni quchoqlashishni so‘radi va matbuot anjumanida menga aytgan gaplarini takrorlashini va’da qildi. Shu tariqa bu masalaga nuqta qo‘yilishi kerak edi. Men Daniyaga qarshi uchrashuvda o‘ynamasligim, «Dragau»dagi bahsda esa maydonga tushishim kerak edi.

Bu kelishuvlarning barchasi Simau Koutiniu ishtirokida amalga oshirilgan.

Shundan so‘ng murabbiyning iltimosiga ko‘ra, u, Simau va Tiagu Kraveiru o‘rtasida videokonferensiya orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda biz muhokama qilgan masalalar yana bir bor qisqacha bayon qilindi.

Shundan keyin qisqa hujjat tayyorlandi. Men uni shaxsan tasdiqladim va murabbiyning o‘zi so‘ragani uchun, uning xabardorligi bilan hujjat murabbiyga yetkazildi.

Ammo matbuot anjumanida yuz bergan voqealar hammaga ma’lum. Uning pozitsiyasi bizning avvalgi uchrashuvimizdagi gaplarga mutlaqo o‘xshamadi.

Men o‘zimga nisbatan munosib deb hisoblamagan iboralar va keskin munosabatni eshitdim. Uning matbuot anjumanidagi «men xohlayman, men qila olaman va men buyuraman» qabilidagi munosabati bir kun oldin yopiq suhbatimizda umuman namoyon bo‘lmagan edi.

Men tasdiqlagan qaydlarda quyidagilar yozilgan edi:

1. «Menimcha, Daniyaga qarshi o‘yin haqida gapirishdan oldin ayrim jihatlarga oydinlik kiritish muhim. Chunki bu haqiqat. Milliy jamoadagi ushbu mavsum uchun Kristianu Ronald u ga rejani mening o‘zim taklif qilganman. Bu uzoq va juda yaxshi suhbat bo‘lgan.

2. Men uning milliy jamoada qanchalik yashashini va jamoani qanchalik sevishini yaxshi bilaman. Shuningdek, uning jahon futbolidagi, ayniqsa 24 yil davomida terma jamoaga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri va ahamiyatini ham yaxshi tushunaman.

3. Men Kristianu Ronald uga taklif qilgan reja uning tomonidan qabul qilingan.

4. U hech qachon mening qarorlarimga shubha qilmadi. U o‘zini namunaviy, sadoqatli va professional tarzda tutdi.

5. Norvegiyaga qarshi uchrashuv men uning uchun tuzgan rejaga kirmagan edi. Biroq birinchi o‘yindan keyin uning jismoniy jihatdan tiklanganini his qildim va undan foydalanishim mumkinligini aytdim. Kristianu bunga rozi bo‘ldi.

6. Pele yoki Maradona darajasidagi futbolchini qizdirishga chiqarib, keyin maydonga tushirmaganim — mening xatom. Agar bugungi kunga qaytish imkonim bo‘lganida, bunday qilmagan bo‘lardim.

7. Bu mavzuga nuqta qo‘yish uchun aytaman: men Kristianuning terma jamoada bo‘lishini xohlayman. Nafaqat biroz, balki juda ko‘p xohlayman. Yaxshiyamki, u ham menga ishonadi. U «An-Nassr»da ham menga ishongan, bu yerda ham ishonmoqda.

8. Muxlislar bilan salomlashmagani haqida biz allaqachon gaplashdik. Terma jamoa safida 230 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan futbolchi mendan Portugaliyaga bo‘lgan muhabbat haqida saboq olmaydi. Bu hissiy holat natijasida yuzaga kelgan bir lahza edi va u hech narsani o‘zgartirmaydi. U muxlislarga eng ko‘p avtograf beradi, eng ko‘p selfiga tushadi va ularga eng ko‘p mehr ko‘rsatadigan futbolchi. Mavjud bo‘lmagan muammolarni o‘ylab topishning hojati yo‘q. Xursand bo‘lmaganimizda, ba’zan hissiyotga berilib reaksiya qilamiz. Bu ham shu edi, xolos».

Ronalduning ta’kidlashicha, ushbu qaydlarning hech birida murabbiyning undan kechirim so‘rashi kerakligi haqida gap bo‘lmagan.

«Shu tariqa, bu Jez us menga bergan va’dasini ikkinchi marta buzishi edi», — dedi Ronaldu.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar