«Manchester Siti»ning rasmiy homiysi OKX kriptovalyuta birjasi pul yuvish qonunchiligini muntazam ravishda buzgani uchun regulyatorlar tomonidan qariyb 400 million funt sterling (472 million yevro) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, platforma shubhali tranzaksiyalarni amalga oshirish va 5 milliard dollardan ortiq noqonuniy daromadlarni yuvishga yordam bergan. Regulyatorlar mijozlarni tekshirish protokollaridagi kamchiliklarni va shubhali operatsiyalarga e’tibor bermaslikni aniqladilar.
Voqea «Manchester Siti» rahbariyatini mazkur holat klub obro‘siga salbiy ta’sirini taxmin qilish va OKX bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilish variantini ko‘rib chiqishga majbur qildi. Hamkorlik shartnomasi 2022-yilda imzolangan va klubga brendni mashg‘ulot formasidagina joylashtirilishi uchun o‘nlab million funt sterling daromad keltirgan.
Avvalroq ingliz klubining o‘zi ham Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi. Shuningdek, ko‘plab qoidabuzarliklar tufayli «Manchester Siti» Premer-ligadan chetlatilishi va qo‘lga kiritgan unvonlaridan mahrum etilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.