Live
19
O'zbek

«Aston Villa» Endrik uchun asosiy da’vogarga aylandi

Futbol
6 oktabr, 13:19
Futbolchi o‘tgan mavsumni «Lion» klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.
«Aston Villa» Endrik uchun asosiy da’vogarga aylandi
Фото: Getty Images

«Aston Villa» klubi «Real» hujumchisi Endrikni 2027-yil yanvar oyida tarkibiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik 20 yoshli futbolchi «Real»da yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi. Shu sababli Endrik qishki transfer oynasida yana ijara asosida boshqa klubga o‘tishi mumkin. Futbolchi o‘tgan mavsumni «Lion» klubida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Shuningdek, Endrikka «Roma» ham jiddiy qiziqish bildirgan va uni yozda o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgandi. Biroq madridliklar futbolchini jamoada olib qolishga qaror qilgandi.

Endilikda birmingemliklar futbolchi uchun asosiy da’vogarga aylandi. Klub Chempionlar ligasida ishtirok etishi sabab futbolchi bilan kelishuvga erishish oson kechishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar