Urugvay milliy jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Hindistonga qarshi o‘ynab, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 11-daqiqada Darvin Nunes vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 22-daqiqada Tapa muvozanatni tikladi. Ammo 28-daqiqada Maksimiliano Arauxo urugvayning ikkinchi golini urdi. 53-daqiqada Rodrigo Salasar hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi.
Oradan olti daqiqa o‘tib esa Arauxo yana bir bor gol urdi. 71-daqiqada Xuan Sanabriya jamoasining beshinchi golini urdi — 1:5. 86-daqiqada Rodrigo Agirre yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Avvalroq Braziliya milliy jamoasi Kalkuttada Hindistonga qarshi o‘ynab, raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Hindiston — Urugvay 1:6
Gollar: Tapa 22 – Nunes 11, Arauxo 28, 59, Salasar 53, Sanabriya 71, Agirre 86.