Janubiy Koreya milliy jamoasi yetakchisi Son Xyon Min ayni daqiqalarda hali davom etayotgan o‘yinning 6-daqiqasida jarima zarbasidan Abduvohid Ne’matov darvozasini ishg‘ol etdi.
Ta’kidlash lozim, bu gol koreyalik futbolchi uchun milliy jamoa safidagi 59-gol bo‘ldi. Bunday natijaga erishish uchun Songa 151 ta o‘yin yetarli bo‘ldi.
Shunday qilib, Son Cha Bom Kunni ortda qoldirib, tarixda Janubiy Koreya milliy jamoasining eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Ma’lumot uchun, Bom Kun 1972 - 1986 yillar mobaynida Janubiy Koreya milliy jamoasi sharafini himoya qilgan va 58 ta (ba’zi manbalarda 55 ta) gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
IFFHS talqiniga ko‘ra Osiyoning XX asrdagi eng futbolchisi deb topilgan Cha Bom Kun Germaniyaning «Darmshtadt 98», «Ayntraxt Frankfurt» va «Bayer 04» klublari safida to‘p tepgan va Bundesliganing 308 ta o‘yinda maydonga tushib, 98 ta gol urishga erishgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi