«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti»ning ushbu mavsumdagi istiqbollari haqida fikr bildirdi. U klubning moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilgani ortidan jamoaga raqib muxlislarining munosabati qanday bo‘lishini ham taxmin qildi.
«Menimcha, endi «Manchester Siti» uchun ushbu mavsumda qandaydir muvaffaqiyatga erishish juda qiyin bo‘ladi. Albatta, mavsum davomida ularga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishi mumkin. Ammo o‘ylaymanki, endi «shaharliklar»ning har bir safar bahsida juda keskin muhit hukm suradi», — deya Karrager so‘zlarini Sky Sports keltirdi.
Mutaxassisning fikricha, «Manchester Siti» futbolchilari va bosh murabbiyi ham boshqa klublar muxlislarining bosimini his qiladi.
«Afsuski, hozir hamma «shaharliklar»ning qonini istamoqda. Aniqrog‘i, ularning futbolchilari va bosh murabbiyining qonini. Shu sababli ularga biror natijaga erishish juda qiyin bo‘ladi, deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi Karrager.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlik bo‘yicha ishda aybdor deb topilgan. Klubga nisbatan qanday sanksiya qo‘llanishi masalasi esa hanuz muhokama qilinmoqda.