O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Husniddin Aliqulov «Rizespor» safida yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda turk klubi xabar berdi.
Markaziy himoyachi ancha vaqtdan buyon jarohati sabab futbol o‘ynamayotgan edi. Aliqulovning jarohati uning O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishiga ham to‘sqinlik qilgan.
Endilikda 26 yoshli futbolchi tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Yakka tartibdagi mashg‘ulotlarga qaytishi Aliqulovning maydonga tushish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi.
Ma’lumot uchun, «Rizespor» Turkiya Superligasining ushbu mavsumida 6 ta turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan va turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Husniddin Aliqulov «Rizespor» safida markaziy himoyachi sifatida to‘p tepmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi