«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti»ga qarshi zudlik bilan sanksiyalar joriy etishga chaqirdi, chunki shunday holatda klub ushbu mavsumda Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozonish uchun kurasha olmaydi.
Avvalroq mustaqil komissiya «shaharliklar»ning APL moliyaviy qoidalarini buzganliklarini rasman tasdiqlagan edi.
«Agar «Man Siti» barcha voqealarni bilgan holda chempionlikni qo‘lga kiritsa, chempionlik unvoni ham, Premer-liganing bu mavsumi ham uydirma bo‘lib ko‘rinadi. Shuning uchun shu mavsumdayoq harakat qilish kerak. Menimcha, jazo, u qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bir mavsum bilan cheklanishi mumkin emas, chunki qoidabuzarliklar yillar davomida sodir etilgan, demak, sanksiyalar ham uzoq yillar davomida amal qilishi kerak», - deya Karragerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.