«Dinamo» hujumchisi Firdavs Abdurahmonov Osiyo O‘yinlari-2026 yakunidan so‘ng klub ixtiyoriga qaytdi. Futbolchi turnirdagi ishtiroki va taassurotlari haqida gapirdi.
«O‘yinlarga bor kuchimizni berib harakat qildik. Murabbiylarning va muxlislarning ishonchini oqlashga harakat qildik. Jarohatim borligi sabab o‘zimni to‘laqonli ko‘rsata olmadim. Birinchi o‘yinda maydonga tushib, gol urganimdan xursandman. Turnir davomida asosiy vaqtda mag‘lub bo‘lmadik, ammo penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi», — dedi Abdurahmonov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo O‘yinlari-2026ning yarimfinalida va 3-o‘rin uchun bahsda penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, turnirni 4-o‘rinda yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi turnirdagi dastlabki bahsida Saudiya Arabistoni darvozasini ishg‘ol qilgan.