Bugun
66
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

Futbol
3 oktabr, 04:10
    136
G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Xitoyga mag‘lub bo‘ldi
Foto: UFA

Osiyo o‘yinlari futbol bo‘yicha 3-o‘rin uchun kechgan bahsda O‘zbekiston U-23 milliy jamoasi xitoylik tengqurlariga qarshi maydonga tushdi.

Unda Ravshan Haydarov shogirdlari asosiy vaqtda raqiblari bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa omad xitoyliklarga kulib boqdi — 3:4.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik futbolchilar musobaqada 4-o‘rin bilan cheklandi. Xitoy U-23 milliy jamoasi esa bronza medallariga ega chiqdi.

Osiyo o‘yinlari. 3-o‘rin uchun bahs
Xitoy — O‘zbekiston 2:2 (pen. ser 4:3)
Gollar:
Hetoo 13, Yudong 53 — Bahromov 43, Shodiboyev 90.

O‘zbekiston U-23 — 21. Muratbayev, 2. Hamidov, 3. Murtazoyev, 4. Rizaqulov, 7. Bahromov, 10. O‘rinboyev (sardor), 11. Jumayev, 13. To‘lqunbekov, 14. Fayzullayev, 17. Abdurahmonov, 19. Karimov.

Zaxira: Murkayev, Xushvaqtov, Hayrullayev, Saidov, Rustamov, Abduнаzarov, Rayimov, O‘rmonjonov, Abdullayev, Ibraimov, Shodiboyev.

Bosh murabbiy: Ravshan Haydarov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U23 O‘zbekiston U23
  • Xitoy (23 yoshgacha) Xitoy (23 yoshgacha)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

136 izoh +6 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar