Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Svetlana Saidova Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
+67 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz musobaqa davomida muvaffaqiyatli yurish qilib, yarimfinal bosqichiga qadar yetib bordi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Saidova Xitoy vakilasiga qarshi bahs olib bordi.
Murosasiz o‘tgan yarimfinal bellashuvida O‘zbekiston vakilasi raqibasiga imkoniyatni boy berdi va shu tariqa musobaqadagi ishtirokini uchinchi o‘rin bilan yakunladi.
Natijada Svetlana Saidova +67 kg vazn toifasida Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga ega chiqib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobini navbatdagi sovrin bilan boyitdi.
Avvalroq Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Jasurbek Jaysunov Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi