Bugun
66
O'zbek

Millatlar ligasi. Fransiya — Italiya bahsida durang, Turkiya va Ukrainada 0:3, Polshada 6:0

Futbol
2 oktabr, 19:57
    6
Levandovskidan het-trik, de Bruynedan dubl.
Millatlar ligasi. Fransiya — Italiya bahsida durang, Turkiya va Ukrainada 0:3, Polshada 6:0
Foto: Getty Images
02.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya 1 : 1 Italiya Italiya

Millatlar ligasida 3-tur bahslari davom ettirildi.

A ligasi 1-guruhining markaziy o‘yinida Fransiya (7) va Italiya (4) ochkolarni bo‘lishib oldi. Belgiya (6) esa Turkiya (0) darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi. De Bruyne dublga erishdi.

B ligasi 2-guruhida Ukraina (4) kutilmaganda Shimoliy Irlandiyaga (7) yirik hisobda yutqazdi. Vengriya (4) Gruziyadan (1) ustun keldi.

B ligasi 4-guruhida Bosniya (5) Shvetsiya (7) bilan durang qayd etdi, Polsha (4) Levandovski het-trik qayd etgan o‘yinda Ruminiyani (0) tor-mor etdi.

C ligasi 2-guruhida Chernogoriya (9) Latviyani (1) mag‘lubiyatga uchratdi, Kipr (4) Armaniston (3) ustidan g‘alaba qozondi.

C ligasi 3-guruhida Qozog‘iston (1) o‘z uyida Moldovaga (4) yutqazdi, Farer orollari (3) Slovakiyadan (7) ochko olishni uddaladi.

Millatlar ligasi. 2-oktabr
A ligasi. 1-guruh. 3-tur
Fransiya — Italiya 1:1

Gollar: Olise (55) — Bastoni (68).
Fransiya — Menyan, Kalulu, Jake, Upamekano, Truffer, Sherki (Kamavinga, 76), Da Kunya (Lakrua, 87), Rabio, Olise, Due (Barkolya, 76), Dembele.
Italiya — Donnarumma, Kayode, Skalvini, Bastoni, Kalafiori, Frattezi (Dumbiya, 80), Tonali (Barellа, 62), Fajoli (Skamakka, 90), Ken, S. Espozito (Maldini, 80), F.Espozito (Vergara, 62).
Ogohlantirishlar: Fajoli (54), Upamekano (73), Ken (73), Vergara (82), Bastoni (90+2).
Chetlatish: Upamekano (85).

Belgiya — Turkiya 3:0
Gollar: de Bruyne (10, 59), Lukaku (76).
Belgiya — Lammens, Kastan, Ngoy, Mehele, de Kuyper, Vanaken (Laviya, 61), Tilemans, Lukebakio (Lukaku, 61), de Bruyne (Openda, 82), Godts (Trossar, 75), de Ketelare (Fofana, 82).
Turkiya — Chaqir, Chelik, Demiral, Bardakchi, Aydin (Faqili, 66), Yuksak (Tiknaz, 75), Elmaz (O‘zjan, 73), Kadio‘g‘li, Gyuler, Akturko‘g‘li (Gul, 67), Yilmaz (Akgyun, 46).
Ogohlantirishlar: Lukebakio (26), Tilemans (30), Bardakchi (56), Demiral (71), de Bruyne (80), Gyuler (90+2), Ngoy (90+2).

B ligasi, 2-guruh
Vengriya — Gruziya 1:0

Gol: Kerkez (35).

Ukraina — Shimoliy Irlandiya 0:3
Gollar: Braun (9, 61), Prays (22).

B ligasi, 4-guruh
Bosniya va Hersegovina — Shvetsiya 1:1

Gollar: Alaybegovich (80) — Gokeresh (61).

Polsha — Ruminiya 6:0
Gollar: Levandovski (24 penalti, 47, 86), Ghita (49, avtogol), Zelinski (62), Bednarek (66).

C ligasi, 2-guruh
Latviya — Chernogoriya 1:2

Gollar: Strods (82) — Adzich (3, 56).

Kipr — Armaniston 2:0
Gollar: Konomis (19), Kakulis (31).

C ligasi, 3-guruh
Qozog‘iston — Moldova 1:2

Gollar: Alip (64) — Kleshenko (45+1), Popesku (50).

Farer orollari — Slovakiya 1:1
Gollar: Yustinussen (66) — Vatnhamar (38, avtogol).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Italiya Italiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar