Shvetsiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini tark etishi bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
«O‘zing yaratgan merosni nafsing tufayli buzib qo‘yish kerak emas. Portugaliya milliy jamoasi qarorgohidan jamoadoshlaring bilan gaplashmasdan ketish? Bu hurmatsizlik. Endi yosh emasligingni tushunishing kerak.
Zlatanga qara. Men ham bir vaqtlar yosh edim. Eng yuqori darajada o‘ynadim, keyin esa faoliyatimni yakunladim. Hatto sherlar ham ov qachon tugaganini biladi», — dedi Ibragimovich.
Avvalroq Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, 41 yoshli hujumchining noroziligi Millatlar Ligasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda unga maydonga tushish imkoniyati berilmagani bilan bog‘liq.
Ronaldu ushbu uchrashuvni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgandi. Keyinchalik uning milliy jamoadagi kelajagi bilan bog‘liq vaziyat muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi