Bugun
66
O'zbek

Mancini: «Biz ajoyib jamoaga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik»

Futbol
2 oktabr, 23:50
Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Fransiyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mancini: «Biz ajoyib jamoaga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik»
Foto: Getty Images
02.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Fransiya Fransiya 1 : 1 Italiya Italiya

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Mancini Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiyaga qarshi o‘yindan (1:1) so‘ng jamoasining harakatlariga baho berdi.

«Natija fikrlarni o‘zgartiradi. Bugun juda qiyin uchrashuv bo‘ldi. Donnarumma o‘yin oxirida zarur paytda bizni qutqarib qoldi. Lekin umumiy hisobda biz juda kuchli jamoaga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik.

Agar bu yigitlar ishlashda davom etsa, ajoyib jamoaga aylanishlari mumkin. Buning uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi, ammo biz yaxshi sur’atda rivojlanyapmiz», — dedi Mancini.

Italiya bosh murabbiyi jamoaning so‘nggi uchrashuvlardagi o‘yinida ijobiy o‘zgarishlarni ham qayd etdi.

«Belgiyaга qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limidan boshlab yaxshiroq harakat qila boshladik. To‘g‘ri qarorlar qabul qilishga harakat qildik va zarur bo‘lgan paytlarda himoyada ham ishonchli o‘ynadik», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Italiya Italiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar