Bugun
45
O'zbek

Zidan Belgiyaga qarshi o‘yinda Fransiya tarkibida birdaniga uch nafar debyutantga imkoniyat berdi

Futbol
29 sentabr, 00:30
Bunday holat so‘nggi bor 2010-yil avgust oyida kuzatilgan.
Zidan Belgiyaga qarshi o‘yinda Fransiya tarkibida birdaniga uch nafar debyutantga imkoniyat berdi
Foto: Getty Images
28.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Belgiya Belgiya 0 : 1 Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi Millatlar Ligasi doirasida safarda Belgiyani minimal hisobda mag‘lub etdi — 1:0. Uchrashuvdagi yagona gol 88-daqiqada Maykl Olise tomonidan urildi.

Fransiya bosh murabbiyi Zinedin Zidan ushbu bahsda birdaniga uch nafar debyutant — Andy Diuf, Jeremi Jake va Lukas da Kunyani boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya milliy jamoasida bunday holat so‘nggi bor 2010-yil avgust oyida kuzatilgan. O‘shandan beri ilk marta jamoaning boshlang‘ich tarkibida bir vaqtning o‘zida kamida uch nafar debyutant o‘yinni boshladi.

Qayd etilishicha, 2012-yildan Fransiya milliy jamoasini boshqargan Didye Desham davrida bunday holat biror marta ham qayd etilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Zinedin Zidan 2026-yilgi jahon chempionatidan so‘ng shu yilning iyul oyida Desham o‘rnini egallab, Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar