Kilian Mbappe Fransiya milliy jamoasining Turkiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsida jarohat oldi. The Touchline L’Equipe nashriga tayanib xabar berishicha, «Real» futbolchining ushbu bahsda maydonga tushirilganidan norozi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Mbappe Turkiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi, deb hisoblagan. Hujumchi Fransiya milliy jamoasi qarorgohiga kelganida jarohat olgan sohada yengil og‘riqlarni his qilgan.
Madrid klubi bu haqda Fransiya milliy jamoasining tibbiy shtabini ogohlantirgan va futbolchiga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni so‘ragan. Shunga qaramay, Mbappe bahsda maydonga tushgan va keyinchalik jarohat olgan.
Mbappe Turkiyaga qarshi bahsda 54-daqiqada Fransiyaga g‘alaba keltirgan yagona golni urgan. Shundan so‘ng u jarohati sabab maydonni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs Zinedin Zidan uchun Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut bo‘ldi. Fransiya Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi