Bugun, 27 sentyabr kuni Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Norvegiya va Portugaliya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Bahs Oslodagi «Ullevоl» stadionida o‘tkaziladi. Bu qarama-qarshilikni fransiyalik hakam Fransua Leteksye boshqarib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Norvegiya — Nyuland, Ryerson, Ayer, Heggem, Eursnes, Berg, Berge, Edegor, Shelderup, Nusa, Holand.
Portugaliya — Kosta, Kanselu, Dias, Veyga, Mendes, Palinya, Nevesh, Konseysau, Feliks, Netu, Ramush.
Ma’lumot o‘rnida, Millatlar Ligasining 1-turida Portugaliya Uelsni 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Norvegiya Daniya ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
3-turda Norvegiya safarda Uels bilan kuch sinashadi. Portugaliya esa ushbu turda Daniya mehmoni bo‘ladi. Har ikki uchrashuv 1 oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi