Norvegiya hujumchisi Erling Holand milliy jamoa safida 56 ta o‘yinda 64 ta gol urib, Shvetsiya tarkibida 122 ta bahsda 62 ta gol kiritgan Zlatan Ibrohimovichning natijasidan o‘zib ketdi. Bu haqda SVT xabar berdi.
«Manchester Siti» futbolchisi Shimoliy Yevropa milliy jamoalari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Holand Daniyaga (3:2) qarshi Millatlar ligasi 1-turida ilk golini uchrashuvning 18-daqiqasida urib, hisobni 2:0 ga yetkazdi. Daniyaliklar hisobni tenglashtirganidan so‘ng norvegiyalik futbolchi 74-daqiqada yana o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu gol Erling uchun milliy terma jamoadagi 64-gol bo‘ldi.
UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Norvegiya o‘z uyida Portugaliya bilan to‘qnash keladi. Bahs 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi
Holand Ibrohimovichning rekordini yangiladi
Futbol
25 sentabr, 03:21
8
Norvegiyalik hujumchi Shimoliy Yevropa milliy jamoalari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Foto: Getty Images
24.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Norvegiya
3
:
2
Daniya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi