«Inter» hujumchisi Markus Tyuram jarohati sabab Fransiya milliy jamoasining Millatlar ligasi doirasidagi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarida ishtirok eta olmaydi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, uning o‘rniga «Bornmut» forvardi Eli Krupi milliy jamoaga chaqirilgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Tyuram o‘ng son qismidagi noqulaylik sabab milliy jamoa mashg‘ulotida ishtirok eta olmagan. Shu bois futbolchini klub ixtiyoriga qaytarishga qaror qilingan.
Shu tariqa, Markus 12-noyabr kuni Italiya va 15-noyabr kuni Turkiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
20 yoshli Krupi uchun bu Fransiya milliy jamoasiga ilk chaqiruv hisoblanadi. Shu bilan birga, u xalqaro maydonda Portugaliya va Kot-d’Ivuar milliy jamoalari safida ham o‘ynash huquqiga ega.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi