Bugun
7
O'zbek

«Aston Villa» «Chelsi» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi

Futbol
10 noyabr, 09:00
Birminghem klubi 22 yoshli Romeo Laviyaga qiziqish bildirmoqda.
«Aston Villa» «Chelsi» yarimhimoyachisini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Chelsi» yarimhimoyachisi Romeo Laviya faoliyatini Angliya Premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga Birminghemning «Aston Villa» klubi qiziqish bildirmoqda.

22 yoshli yarimhimoyachining transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Laviya ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida sakkizta bahsda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoani kuchaytirish maqsadida transfer bozoridagi imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar