Bugun
7
O'zbek

Xabi Alonso «Chelsi»da avvalgi ikki murabbiydan yomonroq natija qayd etdi

Futbol
10 noyabr, 01:20
    7
Londonliklar APLning ilk 10 turida 16 ochko to‘pladi.
Xabi Alonso «Chelsi»da avvalgi ikki murabbiydan yomonroq natija qayd etdi
Foto: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APLdagi dastlabki 10 ta uchrashuvda o‘zidan avvalgi ikki mutaxassisdan kamroq ochko jamg‘ardi. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.

Mavsum boshida «Real»dan kelgan ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida londonliklar 10 turda 16 ochko to‘pladi va turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Taqqoslash uchun, «Chelsi»ning avvalgi bosh murabbiyi Enzo Mareska dastlabki 10 o‘yinda 18 ochko jamg‘argan. Undan keyin jamoani boshqargan Liam Rosenior esa xuddi shuncha uchrashuvda 17 ochko qo‘lga kiritgan. Shu tariqa, Alonso natijalar bo‘yicha har ikki mutaxassisdan ortda qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «ko‘klar» so‘nggi turda «Sanderlend»ga safarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

London klubi navbatdagi uchrashuvini 21 noyabr kuni «Lids»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar