“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Maykl Kerrik APLning 10-turida “Aston Villa” (4:4) bilan qayd etilgan durangdan soʻng muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi va jamoaning Premyer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.
Ayni paytda jamoa turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Bu mankunianliklarning so‘nggi 40 yil ichida 10-turdan keyingi eng yomon natijasi hisoblanadi.
— O‘yindan keyin «MYU» muxlislari sizning nomingizni aytib, kuylashdi.
— Muxlislar futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ular butun qalbi bilan jamoa bilan birga va bizdan qandaydir natija kutishmoqda.
Ba’zida umidsizlik va afsuslanish holatlari yuzaga keladi — buni barchamiz his qilamiz. Ammo muxlislar yigitlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda. Bugun ham ular oxirigacha biz bilan birga bo‘lishdi va biz buni his qilyapmiz.
— «MYU»ning Premyer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashishi ehtimoli haqida nima deb o‘ylaysiz?
— Hozir noyabr oyi. Albatta, yuzaga kelgan vaziyat ham, natijalarimiz ham menga yoqmayapti. Ammo biz bu vaziyatni o‘zgartirishga qodirmiz, — dedi Kerrik Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Kerrik: «Endi noyabr. Vaziyatni o‘zgartirishga qodirmiz»
Futbol
9 noyabr, 07:29
7
«MYU» bosh murabbiyi jamoaning APLda jon saqlab qolish uchun kurashish ehtimoli haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
08.11.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Manchester Yunayted
4
:
4
Aston Villa
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi