5-8 noyabr kunlari davomida Bahraynning Manama shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi o‘tkazildi.
MOQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 23 ta mamlakatdan 121 nafar sportchi qatnashgan musobaqada o‘zbekistonlik Sanam Nazarova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Nazarova medal yo‘lida Xitoy, Hongkong, Misr vakillaridan ustun keldi, ammo yarimfinal bosqichida hongkonglik boshqa bir raqibiga imkoniyatni boy berdi va Jahon kubogini bronza medali bilan yakunladi.
Qilichbozlik. Sanam Nazarova Jahon kubogi sovrindoriga aylandi
Boshqalar
9 noyabr, 07:48
O‘zbekiston vakili faqat hongkonglik raqibiga mag‘lub bo‘ldi.
Foto: Olympic uz