UFC prezidenti Dana Uayt AQSH prezidenti Donald Trampning Oq uy matbuot kotibi lavozimini egallash haqidagi taklifini rad etdi.
Avvalroq Tramp Uaytga ushbu lavozimni taklif qilgan va unga yordamchilarni UFC jangchilari orasidan tanlashni tavsiya etgandi. Ushbu nomzodlar qatorida Habib Nurmagomedov va Islam Maxachev ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Dana va Donald ko‘p yillardan buyon do‘stona munosabatda. UFC rahbari 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlari oldidan Trampning saylovoldi kampaniyasida faol ishtirok etgan.
Dana Uayt Trampning taklifini rad etdi
MMA
9 noyabr, 07:07
Avvalroq AQSh prezidenti UFC rahbariga Oq uy matbuot kotibi lavozimini taklif qilgandi.
Foto: Getty Images