«Dalian Yingbo» klubi Xitoy chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Jamoa 30-turda «Tianjin Tiger»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘z navbatida, «Chengdu Rongcheng» «Shandong Taishan»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Har ikki jamoa mavsumni 52 ochkodan jamg‘argan holda yakunladi. Biroq o‘zaro uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, «Dalian Yingbo» raqibini ortda qoldirdi.
Ta’kidlash kerakki, jamoa mavsum tugashiga 5 ta tur qolganida 14 ochkolik farqni yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.
Bronza medallari 50 ochko jamg‘argan «Beijing Guoan»ga nasib etdi.
Ma’lumot uchun, mavsum boshlanishidan oldin «Beijing Guoan»dan 5 ochko, «Shanxay Shenxua»dan esa 10 ochko olib tashlangan edi. Bunga Xitoydagi korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasi sabab bo‘lgan.
Xitoyda g‘alati chempionlik. «Dalian Yingbo» so‘nggi 5 ta turda 14 ochkolik farqni yo‘qqa chiqardi
Futbol
9 noyabr, 05:27
15
Uzoq vaqt peshqadam bo‘lgan «Chengdu» klubi so‘nggi 5 ta turda atigi 1 ochko to‘pladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi