Live
2
O'zbek

Flik «Barsa»ning noyabr oyida peshqadam bo‘lib turganini 10 ballik shkalada baholadi

Futbol
9 noyabr, 06:46
    4
Kataloniya klubi bu safargi FIFA kunlariga ham La Liga yetakchisi sifatida yo‘l oldi.
Flik «Barsa»ning noyabr oyida peshqadam bo‘lib turganini 10 ballik shkalada baholadi
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligada 12-turdan so‘ng jamoasining peshqadam bo‘lib turgani haqida fikr bildirdi.

— Ligada peshqadam maqomida tanaffusga chiqish qanchalik muhim?

— Birdan o‘ngacha bo‘lgan shkalada buni o‘nga baholayman.

Ayrim futbolchilarimiz hozir o‘z milliy jamoalari ixtiyoriga jo‘nab ketishmoqda. Bu oson emas, ammo bunday vaziyatlarni to‘g‘ri boshqarishni bilish va futbolchilar haqida qayg‘urish kerak,
— deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi La Ligada 33 ochko bilan yetakchilik qilmoqda va «Real»ni 3, «Atletiko»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar