Live
6
O'zbek

«Atletiko» o‘z maydonida «Barsa»ni 5 yildan buyon yenga olmayapti

Futbol
8 noyabr, 22:50
    23
Madridliklarning kataloniyaliklarga qarshi o‘z maydonidagi ketma-ket mag‘lubiyatlari soni 5 taga yetdi.
«Atletiko» o‘z maydonida «Barsa»ni 5 yildan buyon yenga olmayapti
Foto: Getty Images
08.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 1 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» Ispaniya chempionatining 12-turida «Atletiko»ni safarda 2:1 hisobida mag‘lub etib, madridliklarga qarshi muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirdi.

Kataloniyaliklar ushbu g‘alaba orqali «Atletiko» maydonidagi ustunligini yana bir bor namoyish etdi. Madrid klubi La Liga doirasida 2021-yilning oktabr oyidan buyon o‘z uyida «Barselona»ni mag‘lub eta olmayapti.

O‘shandan beri jamoalar Madridda chempionat doirasida 5 marta to‘qnash kelgan va ularning barchasida kataloniyaliklar g‘alaba qozongan.

Shu tariqa, «Atletiko»ning «Barselona»ga qarshi o‘z maydonidagi ketma-ket mag‘lubiyatlari soni 5 taga yetdi.

E’tiborlisi, Diego Simeone shogirdlari bu safar hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi va yakunda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Flik jamoasi ochkolarini 33 taga yetkazib, FIFA kunlariga peshqadam sifatida yo‘l oldi. «Real» 30 ochko bilan 2-o‘rinda. 28 ochkosi bor «Atletiko» esa 3-pog‘onaga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

23 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar