Live
18
O'zbek

Mourinio La Liga taqvimidan norozi: «Bir haftada uchta bahs — bu haddan tashqari ko‘p»

Futbol
8 noyabr, 06:30
    4
«Real» bosh murabbiyi jamoaning qisqa muddat ichida uchta o‘yin o‘tkazishiga e’tiroz bildirdi.
Mourinio La Liga taqvimidan norozi: «Bir haftada uchta bahs — bu haddan tashqari ko‘p»
Foto: Getty Images
07.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Valensia Valensia 0 : 3 Real Madrid Real Madrid

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liga 12-turi doirasida «Valensiya» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng taqvim borasidagi noroziligini bildirdi. Madridliklar so‘nggi yetti kun ichida, jumladan, YCHL doirasida «AEK»ga qarshi safar bahsini ham hisobga olganda, uchta o‘yin o‘tkazdi.

«La Liga haqida gapirayotganda ehtiyot bo‘lishim kerak, chunki barcha vakolat ular qo‘lida. Buni g‘ayriinsoniy vazifa deb atashni istamayman, nazariy jihatdan bunday jadvalda o‘ynash mumkin, garchi bu oson bo‘lmasa ham. Agar bu hazil bo‘lsa, iltimos, boshqa birov bilan hazillashishsin.

Bunday o‘yinlar marafoni — haddan tashqari ko‘p. Agar futbolchilar biz bilan qolganida, ularning tiklanishiga alohida e’tibor qaratgan bo‘lardik. Ammo ular milliy jamoalar ixtiyoriga ketishadi, murabbiylar esa ular bilan ishlashni istashadi. Hozir futbolchilarga dam olish, keyin yana maydonga tushish va tiklanish uchun vaqt kerak.

Futbolchilar juda charchagan. Dushanba, seshanba va chorshanba kunlari ham ular jismoniy yuklamalardan keyin tiklanishda davom etishadi.

Ruhiy charchoq yo‘q, chunki g‘oliblar bunday charchoqni his qilmaydi. Ammo biz milliy jamoalar murabbiylarini ham hurmat qilishimiz kerak», — dedi Mourinio.

Ma’lumot uchun, «Real» «Valensiya»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan. Madridliklar bundan oldin YCHL doirasida «AEK» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinio jamoasi xalqaro tanaffus oldidan ketma-ket sakkizta g‘alabaga erishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar