Bugun, 8 noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 12-turi doirasida «Atletiko» va «Barselona» jamoalari o‘rtasida markaziy bahs bo‘lib o‘tadi. Madrid shahridagi «Sivitas Metropolitano» stadionida o‘tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan 9 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Mazkur bahsni O‘zbekistonda Zo‘r TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, La Liganing 11-turidan keyin «Barselona» 30 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» esa 28 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli uchlikni 27 ochkoga ega «Real» yakunlab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyaning amaldagi chempioni — «Barselona» hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi