«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone «Barselona»ga qarshi bahs oldidan Xulian Alvaresning holati haqida fikr bildirdi.
«Juda yaxshi, uning holati juda a'lo», — deya qisqa javob berdi argentinalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Bo‘lajak bellashuv Alvares uchun yozgi transfer voqealaridan keyin «Barselona»ga qarshi ilk bahs bo‘ladi. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan va Ispaniya OAV xabarlariga ko‘ra, «Atletiko»ga taklif ham yuborgan.
Alvares avvalroq klubini o‘zgartirish istagi borligini ochiq aytgan, biroq Madrid klubi uni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Yakunda futbolchi jamoada qoldi va keyinchalik muxlislardan uzr so‘radi.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» va «Barselona» Ispaniya chempionatida o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv 8-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.