«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarimhimoyachisi Deklan Raysning 2026/27-yilgi mavsumdagi o‘yin amaliyoti va jismoniy holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
«Uning holatidan xavotirdamanmi? Biz unga o‘tgan mavsumdagidan ko‘proq e’tibor qaratmoqdamiz. Mashg‘ulotlardagi ish yuklamasini hisobga olamiz va uning faoliyatiga katta ahamiyat beramiz. Keraksiz narsalar bilan boshimizni qotirmasligimiz kerak. Ushbu mavsumda erishishimiz lozim bo‘lgan maqsadlarga e’tibor qaratishimiz zarur», — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Deklan Rays ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida to‘qqizta bahsda maydonga tushib, beshta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Rays 2023-yilda «Vest Hem»dan «Arsenal»ga o‘tgan va jamoa yarimhimoyasining muhim futbolchilaridan biriga aylangan.