Live
4
O'zbek

«Barselona» qishda Inkapieni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
6 noyabr, 10:51
Flick ekvadorlik futbolchining o‘yinini yuqori baholaydi.
«Barselona» qishda Inkapieni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Barselona» klubi «Arsenal» himoyachisi Piero Inkapie bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar markaziy himoyani kuchaytirishga bel bog‘lagan. Klub bor e’tiborini ekvadorlik 24 yoshli futbolchiga qaratgan.

Qayd etilishicha, Inkapie «Barselona» sport direktori Dekuning transfer ro‘yxatida yuqori o‘rinda turibdi. Shuningdek, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hansi Flick ekvadorlik futbolchining o‘yinini yuqori baholaydi.

«Arsenal» esa futbolchi bo‘yicha yaxshi taklif oladigan bo‘lsa, u bilan xayrlashishga qarshi emas. Chunki jamoa ustozi Mikel Arteta himoyachini o‘zining istiqboldagi rejalariga kiritmagan.

Piero bu mavsumda Angliya Premyer-ligasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar