Live
1
O'zbek

Rafinya faoliyatini «Barselona»da yakunlash istagini bildirdi

Futbol
5 noyabr, 10:00
Braziliyalik hujumchi jismoniy holati imkon bersa, kataloniyaliklar safida yana bir necha yil o‘ynashni xohlaydi.
Rafinya faoliyatini «Barselona»da yakunlash istagini bildirdi
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinya klub bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng, kelajagi va faoliyatini yakunlash istagi haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubida faoliyatini tugatishni juda xohlashini ta’kidladi.

«Men juda faxrlanyapman. Jamoa ichida nimalarni boshdan kechirganimizni faqat o‘zimiz bilamiz. Umid qilamanki, oyoqlarim yuqori saviyada o‘ynashda davom etishimga imkon bersa, bu yerda yana bir necha yil qolaman. Faoliyatimni «Barselona»da yakunlashni juda istardim, ammo hammasi jismoniy holatimga bog‘liq», — deya Rafinyaning so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rafinya «Barselona» safiga 2022 yil yozida «Lids»dan kelib qo‘shilgan. U kataloniyaliklar bilan uch marta Ispaniya chempionligi, bir marta mamlakat kubogi va uch marta Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni braziliyalik futbolchi «Barselona» bilan shartnomasini 2030 yil yozigacha uzaytirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar