Live
3
O'zbek

«Aston Villa» Emeri bilan shartnomani uzaytirishni taklif qildi — Romano

Futbol
5 noyabr, 04:15
Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan.
«Aston Villa» Emeri bilan shartnomani uzaytirishni taklif qildi — Romano
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» bosh murabbiy Unai Emeri bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi Emeri bilan birga uning murabbiylar shtabidagi Damian Vidagani va Roberto Olabega ham yangi shartnomalar taklif qilgan. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi.

«Klub boshqa jamoalarning qiziqishi sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olishni istamoqda. Rahbariyat Emerining faoliyatidan to‘liq mamnun», — deb yozadi Romano.

Ma’lumot uchun, 55 yoshli Unai Emerining «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Mutaxassis 2022 yildan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Emeri «Aston Villa» bilan 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar