Live
3
O'zbek

David Ospina futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Futbol
5 noyabr, 03:00
38 yoshli posbon Kolumbiya bilan Amerika kubogida kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.
David Ospina futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
Foto: Getty Images

«Arsenal», «Napoli» va Kolumbiya milliy jamoasining sobiq darvozaboni David Ospina 38 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.

«Futbolga rahmat aytaman! Men taslim bo‘lmayapman, aksincha, minnatdorman! Bu ajoyib sayohat bo‘ldi.

Endi taqdir meni qayerga yetaklasa, o‘sha yerga boraman», — deb yozdi Ospina Instagram sahifasidagi postida.

Ma’lumot o‘rnida, kolumbiyalik darvozabon faoliyati davomida «Atletiko Nasional», «Nitssa», «Arsenal», «Napoli», «An-Nasr» va «Atlante» klublarida to‘p surgan.

Ospina Angliya kubogi va superkubogi, Italiya kubogi hamda Kolumbiya kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Kolumbiya chempionligini ham nishonlagan.

Tajribali posbon milliy jamoasi safida 130 ta uchrashuv o‘tkazgan. U Kolumbiya bilan Amerika kubogida kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.

Avvalroq Luis Nani futbolchilik faoliyatini yakunlagani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kolumbiya Kolumbiya
Bugungi yangiliklar